Umumiy ma’lumotlari

JAMIYATNING MAQSADI VA FAOLIYAT

– Jamiyatning asosiy maqsadlari davlat iqtisodiy manfaatlar, axolining maishiy,  ijtimoiy-madaniy va boshqa extiyojlarini qondirish  va aktsiyadorlar xamda jamiyat  mexnat jamoasining manfatini ko’zlab mexnat qilish yo’li bilan foyda olishdan iborat  bo’lib, o’zini – o’zi mablag` bilan ta`minlash yo’li bilan jamoa va jamiyat aktsiyadorlarining moddiy  va ijtimoiy talablarini qondirishga qaratilgan.

O’z faoliyatining maqsadi va doirasiga erishish uchun jamiyat quyidagilarni amalga  oshiradi:

  • Aholiga  tadbirkorlar tomonidan keng assortimentdagi barcha sanoat va xalq iste`mol buyum maxsulotlari hamda boshqa  ruxsat etilgan  mahsulotlarini sotish savdosini tashkil etish;
  • Bozor xududidagi bino-inshaotlarni tadbirkorlar va ishlab chiqarish tashkilotlariga ijaraga berish; 
  • Bozor xududida joylashgan mulkchilik shaklidan qat`iy nazar savdo va boshqa korxonalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning bozorda xizmat ko’rsatish bo’yicha  faoliyatlariga yordam berish  hamdasavdo qilishlari  uchun  zarur qulaysharoitlar yaratish;
  • Axolining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarini o’rganish va  ularning manfaatlarini muxofaza qilish;
  • YUridik va jismoniy shaxslar manfatlarini ko’zlagan holdaturli xil pullik xizmatlar ko’rsatish;
  • Tadbirkorlar va xaridorlar uchun bozor xududida umumiy ovqatlanish soxasida oshxona,qaxvaxona  (restoran, bar)  va boshqaturli maishiy xizmatko’rsatishni tashkillash;
  • Avtomobillarni to’xtash va vaqtincha saqlash joylari (avtostayankalar)ni tashkil etish; 
  • Aholi va ishlab chiqaruvchi tashkilot va muassasalarga mahsulotlarini sotishga qo’lay shart sharoitlar yaratish;
  • Ulgurji va chakana savdo, savdo-harid, vositachilik va tijorat ishlari faoliyatini tashkil etish; 
  • Non va non mahsulotlari, Har-xil qandolat mollari, salqin ichimliklari, muzqaymoq ishlab chiqarish va sotish;
  • Bozor kon`yukturasini o’rganish, sotiladigan tovarlarni baho va baholarni tashkil qilishni o’rganish, ichki   va tashqi hamkorlar bilan aloqalarni tiklash tadbirlarni o’tkazish;
  • Rielekterlik faoliyati, ko’chmas mulk ob`ektlarini egallash, foydalanish, ijaraga berish va sotish, ko’chmas mulk bilan boshqa operatsiyalarini amalga oshirish;

Jamiyat O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishga haqlidir.

Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olishni talab qiladigan faoliyat turlari jamiyat tomonidan litsenziya olingandan keyin amalga oshiriladi.