Jamiyat strategiyasi

Jamiyat strategiyasi

Jamiyat tomonidan jamiyat daromadlarni yanada oshirish, aholiga turli xil xizmatlar ko’rsatish, qo’shimcha joylarni tashkil etish va boshqa vazifalarni o’rnatilgan tartibda amalga oshirish yo’lga qo’yiladi. 

Jamiyatning 2022 yil uchun belgilangan faoliyatida sohaga tegishli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va yurtboshimizning ma`ruzalarida ko’tarilgan masalalarni bajarishga asosiy e`tibor qaratiladi. Xususan, barcha hayotiy masalalar boshqaruv ijroiya organining kundalik rejaviy yig`ilishlarida atroflicha muhokama qilinib, belgilangan tadbir va qabul qilingan qarorlar asosida ish olib boriladi. 

Jamiyatning 2022 yil uchun istiqbolli rejalarida asosiy e`tiborni butun kuch va bor imkoniyatlarni birinchi navbatda belgilangan rejalarni oshirib bajarilishiga, shuningdek asossiz xarajatlarni vujudga kelmasligiga qaratiladi. 

Jumladan, bu tadbirlarda jamiyatimizdagi mavjud kamchiliklarni va nuqsonlarni o’rganib chiqib, ularni bartaraf etish choralarini ko’rish, olingan daromadlarni to’g`ri shakllanishi va ulardan maqsadli foydalanish, joy haqi va ko’rsatiladigan xizmatlar uchun to’lovlarni o’z vaqtida to’liq undirilishini ta`minlashkabi ishlar rejasi belgilandi va amaliy ishlar olib boriladi. 

O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jamiyatning har bir ishchi xodimlari va ijroiya organi xodimlari belgilangan prognoz rejalarni bajarilishida yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalardoirasidao’z ish faoliyatini belgilashlari lozim. 

SHuningdek, ushbu Biznes-rejada ko’zda tutilgan tadbirlar korxonaning tarkibiy bo’linmalari tomonidan to’g`ridan-to’g`ri jamiyat ijroiya organi nazorati ostida amalga oshiriladi. 

Ushbu Biznes-rejaning bajarilishini nazorat qilish belgilangan tartibda jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi, shu jumladan, har chorakda ijro organining hisobotlarini tinglash, prognozlarning bajarilmaslik holatlari aniqlanganda, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.